top of page
Фулфилмент центр 2500x1080 UZ.png

Fulfilment markazi

Fargo kompaniyasi logistika xizmatlarining uzluksiz, samarali va ishonchli ishlashini ta’minlashga katta e’tibor beradi. Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan va biznesingizning o’ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun xizmatlarning to’liq ko’lamini taklif etadigan Fullfilment markazimiz buni tasdiqlaydi.

Eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan uskunalar


Eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan uskunalar

Maydoni 2500 m2 bo’lgan Saralash markazimiz kuniga 10 000 tagacha buyurtmaga ishlov berishga mo’ljallangan bo’lib, sizning xotirjamligingiz uchun kunu-tun mas’ul saqlashni va videokuzatuvni ta’minlaydi. Buyurtmalarni ustida ishlash vaqti - 30 daqiqagacha, omborga tovarlarni qabul qilish ham shuncha vaqtni oladi, shunindek, biz biznesingizni kattalashtirish uchun buyurtmalar ustida tez ishlashni raqdim etamiz. Korxonamiz sanoatning eng ilg'or omborlarni boshqarish tizimlaridan biri (WMS) bilan jihozlangan.

Bojxona rasmiylashtirish xizmatlari bilan saqlash

Bojxona rasmiylashtirish xizmatlari bilan saqlash
Chegaralarni kesib o’tish biznesingiz rivojlanishiga to’sqinlik qilmasligi kerak. Fulfilment markazimizda sizning tovarlaringiz va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha barcha amallar bilan shug’ullanadi, bu esa xavfsizlikni, talablarga rioya qilishni va chegaradan tezkor o’tishni ta’minlaydi
 

Yuklarni samarali jamlash.

Tezlik, xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlik biznesingiz uchun muhim ekanligini tushunamiz. Bizning mutaxassislarimiz jamoasi jo’natish uchun yuklarni jamlashni amalga oshiradi, bu esa bizga jo’natish vaqtini qisqartirish, xavfsizlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

 

Kontent yaratish xizmatlari

Biz o’z omborimizda saqlayotgan har bir mahsulot - sizning biznesingizni namoyon qilish uchun imkoniyatdir. Bizning kontent yaratish xizmatlarimiz professional fotosuratga olishni va mahsulotning jozibali tavsiflarini tayyorlashni o’z ichiga oladi, ular elektron tijorat platformalarida mahsulotlaringizni namoyish qilish uchun a’lo darajada mos keladi.

Onlayn bozor bilan integratsiyalash

Fargo kompaniyasi eng omaviy savdo maydonchalari bilan bevosita integratsiyalashni taklif qiladi. Biz sizning mahsulotlaringizni turli xil mahalliy savdo maydonchalarida avtomatik ravishda joylashtiramiz, ularning ko’rinishi darajasini oshiramiz va bir nechta platformalarda buyurtmalarni boshqarishni osonlashtiramiz.

 

Buyurtmalarni bajarish bo’yicha kompleks xizmatlar

Biz sizni olib ketish xizmatidan boshlab yetkazib berish xizmatigacha qamrab olamiz. Bizning mutaxassislarimiz jarayonning barcha bosqichlarini bajaradilar: yetkazib beruvchidan tovarlarni yig'ish, markalash, qadoqlash, ta'minot yig'ilish va omborga yoki oxirgi oluvchiga yuborish.

 

Qaytarishni kompleks boshqarish

Biz qaytarishlarni rasmiylashtirishning oson usulini taklif qilamiz. Bizning jamoamiz xaridorlar bilan avvaldan tuzilgan yetkazib berish shartnomasi bo’yicha ishlaydi, barcha harakatlarning belgilab berilishini va samaradorligini ta’minlaydi.

 

Sizning biznesingiz – bizning ustuvor vazifamizdir

Fargo fulfilment markazida biz nafaqat jo’natmalarni yetkazib beramiz, balki va’dalarni bajaramiz. Xizmatlarimiz bilan tanishing va Fargo yordamida o’z biznesingizda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligini bilib oling.

fargo 3 2500x1080 UZ.png
bottom of page